Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar
1. Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi fuqarolarga oliy ta’lim muassasasiga bakalavriatga va
magistraturaga ijodiy imtixon asosida davlat granti o‘rinlariga talabalikka qabul qilinadi.
Kvota soni cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori.
2. Nogironligi bor shaxslar uchun oliy ta’lim muassasasiga bakalavriatga davlat granti
asosida 2% lik qo‘shimcha kvota ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-sonli
qarori.
3. Mexribonlik uyi va Bolalar shaxarchasi bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun davlat
granti asosida 1% lik qo‘shimcha kvota ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PQ-4296-sonli
qarori
4. Ichki ishlar xodimlarining farzandlariga, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida
halok bo‘lgan, yarador bo‘lgan, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron
bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarining farzandlari tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga
qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi
PQ-4212-sonli qarori
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari farzandlariga 3% lik qo‘shimcha
davlat grantlari o‘rinlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli
qarori
6. Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xizmatidagi ofitserlari,
shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun
5% lik qo‘shimcha davlat grantlari o‘rinlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli
qarori
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan
ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda xodimlari farzandlari uchun 2% lik
qo‘shimcha davlat grantlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli
qarori
8. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona xizmati xodimlari farzandlari uchun 1% lik qo‘shimcha
davlat grantlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli
qarori
9. Qurolli kuchlar safida xizmat qilib tavsiyanoma olgan shaxslarga kunduzgi bakalavriat
uchun 5% li grant kvotasi ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.08.2019 yildagi
681-son
10. Qurolli kuchlar safida xizmat qilib tavsiyanoma olgan shaxslarga sirtqi bakalavriat
uchun 5% li grant kvotasi ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.08.2019 yildagi
681-son
11. Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan
xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat
granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan hududlar kesimida qo‘shimcha 2000 ta
davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli
qarori
12. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega xotin-qizlar davlat OTMga
alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga
qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli
qarori
13. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab bitiruvchilari TATUga
to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha o‘rinlarga talabalikka tavsiya etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi 5188-sonli
qarori.
14. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga,
oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura
bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul
qilinadilar.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini
ta’sis etish to‘g‘risidagi 2017 yil 21 noyabrdagi 3402-qarori.
15. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta’lim
muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining
magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat
grantlari asosida qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son
Farmoni
16. TATU va uning filiallari bakalavriatini informatika va axborot texnologiyalari
yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar mazkur universitetning
(filialning) tegishli mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida magistrlikka tavsiya
etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi 4851-sonli
qarori.
17. Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar 2023/2024 o‘quv yilida suhbat
asosida bakalavriatning tegishli yo‘nalishlarning kunduzgi yoki sirtqi shakliga suhbat
natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli
qarori.
18. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar Vazirlik
yoki idoralarning tavsiyanomalari asosida 2 barobar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt
asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etiladilar.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi
675-sonli qarori.
19. Oliy ma’lumotga ega bakalavrlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun
suhbat natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt aosida 2-kursdan sirtqi ta’lim shakliga
talabalikka qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi
606-sonli qarori.