shape
shape

Me'yoriy hujjatlar

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar

1. Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi fuqarolarga oliy ta’lim muassasasiga bakalavriatga va magistraturaga ijodiy imtixon asosida davlat granti o‘rinlariga talabalikka qabul qilinadi. Kvota soni cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori.

Batafsil

2. Nogironligi bor shaxslar uchun oliy ta’lim muassasasiga bakalavriatga davlat granti asosida 2% lik qo‘shimcha kvota ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-sonli qarori.

Batafsil

3. Mexribonlik uyi va Bolalar shaxarchasi bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun davlat granti asosida 1% lik qo‘shimcha kvota ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PQ-4296-sonli qarori

Batafsil

4. Ichki ishlar xodimlarining farzandlariga, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, yarador bo‘lgan, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarining farzandlari tanlovsiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-sonli qarori

Batafsil

5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari farzandlariga 3% lik qo‘shimcha davlat grantlari o‘rinlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli qarori

Batafsil

6. Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xizmatidagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun 5% lik qo‘shimcha davlat grantlari o‘rinlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli qarori

Batafsil

7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda xodimlari farzandlari uchun 2% lik qo‘shimcha davlat grantlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli qarori

Batafsil

8. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona xizmati xodimlari farzandlari uchun 1% lik qo‘shimcha davlat grantlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-sonli qarori

Batafsil

9. Qurolli kuchlar safida xizmat qilib tavsiyanoma olgan shaxslarga kunduzgi bakalavriat uchun 5% li grant kvotasi ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.08.2019 yildagi 681-son

Batafsil

10. Qurolli kuchlar safida xizmat qilib tavsiyanoma olgan shaxslarga sirtqi bakalavriat uchun 5% li grant kvotasi ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.08.2019 yildagi 681-son

Batafsil

11. Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan hududlar kesimida qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qarori

Batafsil

12. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori

Batafsil

13. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab bitiruvchilari TATUga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha o‘rinlarga talabalikka tavsiya etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi 5188-sonli qarori.

Batafsil

14. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risidagi 2017 yil 21 noyabrdagi 3402-qarori.

Batafsil

15. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Farmoni

Batafsil

16. TATU va uning filiallari bakalavriatini informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar mazkur universitetning (filialning) tegishli mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida magistrlikka tavsiya etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi 4851-sonli qarori.

Batafsil

17. Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar 2023/2024 o‘quv yilida suhbat asosida bakalavriatning tegishli yo‘nalishlarning kunduzgi yoki sirtqi shakliga suhbat natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori.

Batafsil

18. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar Vazirlik yoki idoralarning tavsiyanomalari asosida 2 barobar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etiladilar.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-sonli qarori.

Batafsil

19. Oliy ma’lumotga ega bakalavrlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun suhbat natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt aosida 2-kursdan sirtqi ta’lim shakliga talabalikka qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 606-sonli qarori.

Batafsil

20. «Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 24.05.2024 yildagi PF-81-son

Batafsil